Latifa matni:
Bitta hojaka O`zbekiston bo`ylab sayohatga chiqibdi. Farg`onada mehmon qilishibdi, ketishida:
— Meni mozorga oboringlar, - debdi
Oborishibdi. U mozorni ziyorat etib, tilovat qilibdi.
Keyin Samarqandga boribdi. U yerda ham hamma joyni ko`rsatishibdi. Qaytishida yana mozorini ziyorat qilibdi.
Keyin Qashqadaryoga borib, aylanib:
— Endi mozorga oboringlar, - desa
— Bizda mozor yo`q, - deyishibdi
— Iye, o`lganlarni qayoqqa ko`masizlar, - desa
— Bizda hech kim o`lmaydi, tug`ilib Toshkentga ketishadi, - deyishibdi.