Latifa matni:
Sher chuqurga yiqilib tushib, undan chiqa olmayapti.
Daraxtda esa, maymun sakrab:
— Ajab bo`libdi, battar bo`lgin. E, la’nati mushuk. Endi seni changalingdan tumor, tishlaringdan esa suvenir yasab, po`stingni esa bo`yra qilishadi..., - deb masxara qilayotgan ekan, birdan sakrayotgan shoxi sinib, maymun sherni oldiga yiqilib tushibdi:
— Podshoxim, hatto ishonmaysiz ham, sizdan kechirim so`rash uchun oldingizga tushdim...