Latifa matni:
Afandi dissertatsiya yozar edi, o`g`li «nima qilyapsiz?— deb so`radi.
— Kitob yozyapman,— dedi Afandi.
— Unda nega boshqa kitobdan ko`chiryapsiz?
— Voy tentagey, shuni ham bilmaysanmi,— dedi kulib otasi,— odam odamdan tug`ilganday, kitob ham kitobdan paydo bo`ladi-da!