Latifa matni:
Bir alkash barga kirib barmenga 200g quy tozasidan, - desa
Barmen hayron bo`lib, quyibdi.
— Yonimdagi akalarga ham quy, o`zinga ham quy!, - debdi
"Rahmat" deb, chiqib ketayotsa. Barmen:
— Pulini bering, - desa
— O`zing ham ichdingu, - debdi
Barmenning jahli chiqib, boyagini rosa uribdi.
2 kun o`tib barmenni oldiga kaltak yegan alkash kelib:
— Manga 200g, o`tirganlarga 300g dan quy, - debdi.
Barmen:
— Aka man ichmimanmi, - desa
— San ichvosang to`palon qilarkansan, - dermish.