Latifa matni:
Bir kuni Afandi:
— Xotin, tanish mullabachchalar kelishdi, oshni katta qil,— dedi.
Xotini tajang bo`lib o`shqirdi:
— Uyingizda sichqonlar hassa tayanib yuribdiku, nimangizga mehmon boshlab keldingiz?
Afandi myehmonlar oldiga chiqib dedi:
— Xotinim behisiz osh yaxshi bo`lmaydi deya yotibdi. Ulmay-netmay kuzga yetib olsak, xotinim otasinikiga borib behi olib keladi. Osh dam yeguncha bir aylanib kelinglar!