Latifa matni:
Bir odam bozordan jo`ja xo`roz olib kelibdi. Uyida qari xo`rozi bor ekan. 2 si har kuni urisharkan. Kunlardan birida qari xo`roz shunday debdi:
— Darvozagacha kim birinchi borib kelsa, o`sha boshliq bo`ladi.
Jo`ja xo`roz tez yugurib darvozani oldiga yetgan ekan, xo`jayin uni otib tashlabdi va:
— Nuqul olib kelgan xo`rozlarim ko`chaga yuguradi-ya, - dermish.