Latifa matni:
Beshinchi qavatda yashaydigan ziqna odam o`g`liga tufli olib berib debdi:
— Zinadan chiqishda bitta zina tashlab chiqqin, shunda tufliging oradagi zinaga tegmay ishqalanish kamroq bo`lib uzoqroq chidaydi.
O`g`li hop bo`ladi deb, chiqib ketib bir ozdan keyin shimi yirtiq kirib kelibdi, buni ko`rib ziqnani joni chiqquday bo`lib:
— Shiming nima bo`lib yirtildi?
— Tuflim yanayam ko`proqqa chidasin deb zinadan ikki zina tashlab chiquvdim, - dermish