Latifa matni:
Bir odam pul chiqaradigan apparat yasabdi. Pul chiqarib qarasa, 15 so`mlik emish.
— Obbo, bunday pul muomalada yo`q-ku. Anavi qo`shnim rosa laqma, maydalab beradi.
Darrov o`g`lini chaqirib:
— Pulni qo`shninikida maydalab kel, - debdi.
O`g`il ketibdi-yu, lekin tezda ortiga qaytibdi.
Otasi qarasa, qo`shnisiyam bitta 7 so`mlik, bitta 8 so`mlik pul bervorgan emish.