Latifa matni:
Eri chet eldan xotiniga xat yozibdi:
— Salom azizam! Uzr hayotim bu oy sanga pul jo`natomiman. O`rniga 500ta o`pich jo`natvoman. Qabul qilib ol.
Bir haftadan so`ng xotini javob yozibdi:
— Salom azizim! Siz yuborgan 500 ta o`pichni qabul qildim. Ulani 100tasini gazchilaga, 100tasini suv va elektr energiyasiga, 50tasini sutchiga, 120 tasini bozor o`charga ishlatdim. Xavotir olmang, hali zaxirada 130 ta o`pich turibdi.