Latifa matni:
Mayxonada aroq ichib, kayfiyatsiz o`tirgan kishi yoniga bir odam kelib:
— Nima bo`ldi og`ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o`n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish.