Latifa matni:
Afandi ketayotsa, ikki bola yong`oq talashib mushtlashayotgan ekan. Afandi ikkovini ajratib, yong`oqni oldi, uni pichog`i bilan ikkiga ajratib, mag`zini olib og`ziga soldi, ikki palla po`choqni bolalarga bittadan berib:
— Bu, sizlarni murosaga keltirganim uchun pichoq uchi,—dedi.