Latifa matni:
Poshsho bir kuni katta ziyofat berdi. Unda Afandi ham bo`lib, yonidagi kishi bilan quyuq suhbatlashar edi. Poshsho uni xijolat qilish uchun yoniga kelib:
— Kim biladi, qanday yolg`onlarni valaqlayapsan,— dedi.
— Nima qilay, shohim,— javob berdi Afandi,— lof aralashmasa bo`lmas ekan, do`stimga sizning odilligingiz haqida gapirib beryapman.