Latifa matni:
Bir odam doktorga borsa,
— Kasalingizni da’vosi turp. Ko`proq turp yeng!, - debdi.
Haligi odam ko`chaga chiqib turp sotib o`tirgan odamni hamma turpini sotib olibdi-da, sal nariroqqa borib tursa, turppurush telefonni olib:
— Allo, turp tugadi. Hozir bir qop sholg`om keladi, - dermish.