Afandi kompartiya
Latifa matni:
Afandi kompartiya a’zosi bo`libdi. Xotini so`rabdi:
— Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo`lib nima ish bilan shug`ullanasiz?
— Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da!
— A, nima u? - tushunmay so`radi xotini.
— Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko`chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko`nib, menga ergashsa — bu propaganda bo`ladi. Tushundingmi?
— Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko`chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo`lsa, men nima qilaman?, - deb so`rabdi xotini.
Shunda Afandining achchig`i kelib:
— Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi....
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi kompartiya a’zosi bo`libdi. Xotini so`rabdi: