Latifa matni:
Virtual nikoh. Tolibi ilm shogird piru komil ustozdan so`radi:
— Ustoz, agar oshiq o`zining ma’shuqasiga telefonning telegramxonasidan, anga o`zini bag`ishlashini so`rab uch marta yozsayu, ojiza aning yozuvig`a javob qilib rozilig`ini bitsa nikoh hosil bo`lurmu?
Piru Komil ustoz o`ylab javob berdi:
— Agar zaifa ham o`nlayn rejimda turg`on ersa, hosil bo`lur, zero megabaytning puli mahr o`rnig`a ham o`tur.