Latifa matni:
Bir kishi qafasda uch dona to`tiqush olib o`tirardi. Xaridor ularning narxini so`radi.
— Birinchisi uch yuz ming. Gapiradi. Ikkinchisi besh yuz ming. U ham she’r aytadi va qo`shiq kuylaydi. Bunisini narxi bir million so`m. Lekin u na gapiradi, na qo`shiq kuylaydi.
Xaridor:
— Unda nega buncha qimmat.
— Bilmadim-u, lekin mana bu ikkisi uni “ustoz” deb chaqiradi.