Bir kishi zoodo`kondan
Latifa matni:
Bir kishi zoodo`kondan "gapira oladigan" to`tiqush sotib olibdi.
Ertasi kuni qaytib kelib:
— Kecha sizlardan sotib olgan to`tiqushim gapirmayapti! - debdi.
Sotuvchi:
— Qo`ng`iroqcha xarid qilib, qafasga osib qo`ying, gapiradi, - debdi.
Xaridor qo`ng`iroqchani olib, uyga ketibdi. Ertasiga yana qaytib kelibdi:
— Baribir gapirmayapti, - debdi.
— Ko`zgu sotib olib, qafas ichiga o`rnatsangiz, gapiradi, - debdi sotuvchi. Xaridor hamma kerakli narsalarni - ko`zgu, arg`imchoq, qo`noq sotib olib, qafas ichiga ilib tashlabdi.
Bir haftadan keyin do`konga qaytib kelgan xaridor o`zida yo`q xursand emish. Sotuvchi:
— Nima bo`ldi ? - desa, to`tiqush egasi debdi:
— Gapirdi! Gapirdi! Sotuvchi:
— Nima deb gapirdi? - desa,
— Qachon ovqat berasan, qovoqmiya!!! dedi - debdi xaridor quvonib...!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kishi zoodo`kondan "gapira oladigan" to`tiqush sotib olibdi.