Latifa matni:
Bir kuni adabiy jurnal muharririga she’r qo`lyozmasi yuborildi. She’r «Men nechun tirikman?» deb atalarkan. She’rning o`zi esa juda uzun va zerikarli ekan. Muallifga juda qisqa javob jo`natildi: «Siz she’ringizni pochta
orqali yuborganingiz uchun tiriksiz. Agar uni idoramizga o`zingiz olib kelganingizda, shubhasiz, bu yerdan tirik chiqmasdingiz»