Oq qand yangi chiqqan
Latifa matni:
Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so`radi:
— Aka, bu nima? Rohatijonning qurug`i desam, shinnisi ko`rinmaydi...
Qandfurush tushuntirib berdi:
— Bu - qumshakarning yirigi, yangi chiqdi. Buni oq qand deyiladi.
— Jinday chashna bering-chi?
Afandi oq qanddan bir chaqmog`ini og`ziga solib so`rgan edi, huzur qilganidan badanlari yayrab, ko`zlari suzilib ketdi.
— Shunday yaxshi narsani sotasizmi,— dedi Afandi yutinib,— uyingizga oborib bola-chaqangiz bilan so`rishmaysizmi?!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so`radi: