Latifa matni:
Haydovchilik guvohnomasiga o`qiyotgan bir yigit o`qituvchiga savol beribdi:
— Qizil chiroqda chorrahani kesib o`tsa bo`ladimi?
O`qituvchi ham charchab, asabi buzilib turgan ekan:
— Ha bo`ladi. Faqat ikkala qo`lingni ko`tarib o`tishing kerak, - debdi.
— Nega aynan qo`lni ko`tarish kerak, - desa, o`qituvchisi:
— O`lganingdan keyin yechintirish oson bo`lishi uchun, - dermish.