Latifa matni:
Eri xotiniga quticha beribdi. Quti ustida esa quyidagi so`zlar yozilgan ekan:
“Men senga kerakligimning 50 ta sababi shu yerda!”
Quti ichidan elektr go`sht maydalagichning 50 ta qismlari chiqibdi. Xotini ikki soat harakat qilsa ham, uni yig`a olmabdi.
Shunda quti ustidagi so`zlarning asl ma’nosini tushunib yetibdi.