Latifa matni:
Qish. Jinnixonadan jinnilar yarim oqshom qochib chiqishib, jinnixona omborxonasining tomiga olov qo`yishibdi. Buni ko`rgan doktorlar o`t o`chiruvchilarga xabar berishibdi. Yetib kelgan o`t o`chiruvchilar birinchi bo`lib tomdagi jinnilarni qutqarmoqchi bo`lishibdi. Shunda jinnilardan bittasi ularga qarab:
— Ha, yaramaslar biz qiynalib o`t yoqqanda birontang yo`q eding. Endi isinmoqchimisizlar? Yo`qolinglar isinishga qo`ymaymiz, - dermish.