Latifa matni:
Xodimi o`z boshlig`idan ruxsat so`ramoqda:
— Javob bering iltimos, mening tog`am kasalxonada ekan. Boshliq unga raxmi kelib javob beribdi.
Ishdan so`ng stadionga tushgan boshliq u yerda o`z xodimini uchratib qolibdi.
— Iye, sen tog`angni oldiga kasalxonaga borishing kerak edi-ku?!!
— Hozir xo`jayin shoshmay turing, tog`am mana shu o`yinga hakamlik qilmoqda, o`yin tugasin, keyin aniq kasalxonaga tushadi.