Latifa matni:
Kunlarning birida afandi eshagini yo`qotib qo`yibdi. Ancha qidirsa ham, topa olmabdi. Oxiri hafsalasi "pir" bo`lib, hiyobondagi o`rindiqda o`tirsa, orqa tarafda ikki sevishgan suhbatlashayotganmish.
Yigit qizga:
— Seni ko`zlaringga qarasam, butun olamni ko`rgandek bo`laman, - desa, afandi ular tomonga shartta o`girilib:
— Qarab ko`r-chi, meni eshagim ko`rinmayaptimi?! - dermish.