Latifa matni:
Bir kuni afandini onasi qo`liga ovqat berib:
— Qo`shnimizga tashlab chiq! Faqat to`kib yuborma! - debdi.
Afandi ko`chaga chiqibdi-yu, qoqilib, ovqatni to`kib yuboribdi. Tashqari qorong`u ekan.
Uyga qaytib kirsa, onasi:
— Ha, ovqatni to`kdingmi? - desa,
Afandi:
— Yo`q, faqat kosamni topa olmayapman, - dermish.