Latifa matni:
Militsiyaga ishga kirmoqchi bo`lgan bola, hamma komissiyadan o`tib, oxiri boshliqni suhbatiga kiribdi.
Boshliq:
— Xo`sh, mana komissiyadan yaxshi o`tibsan. Qani ayt-chi, Kumushga kim zahar berib o`ldirgan?
— Bilmayman o`rtoq boshliq.
— Nyutonni boshiga tepadan nima tushgan?
— Uni ham bilmayman...
— Senga bir hafta muhlat. Aniqlab kelasan, - debdi.
Yigit uyiga kelsa, adasi so`rabdi:
— Ha o`g`lim, ishga olishdimi? - desa, o`g`li:
— Ha ada olishdi. Birinchi ish kunimni o`zidayoq ikkita jinoiy ish ham berishdi, - dermish.