Latifa matni:
O`g`li matematika fanidan "2" baho olib kelibdi.
Ota:
— Nega "2" olding?
O`g`il:
— Ustozim 2+3 nechi bo`ladi dedilar. Men 5 dedim.
Ota:
— Xo`sh?
O`g`il:
— 3+2 nechi deb yana so`radilar.
Ota:
— Tentak. Ahmoq. Esing joyidami? Ikkalasi ham bir xil-ku!
O`g`il:
— Men ham unga huddi shu so`zlarni aytdim-da!