Latifa matni:
Bir kuni o`rmon hayvonlari armiyaga bormoqchi bo`lishibdi.
Tibbiy ko`rikdan o`tish uchun birinchi bo`lib quyon kiribdi. Hafa bo`lib qaytib chiqibdi.
Ayiq so`rabdi:
— Nima bo`ldi quyonvoy?
Quyon:
— Olishmadi. Oldimdagi ikkita tishim uzun ekan... Kel ayiqvoy, seni oldingdagi ikkita tishingni sug`urib tashlaymiz. Seni armiyaga olishadi.
Ayiq tishlarini sug`urib, ko`rikka kirib ketibdi. Birozdan so`ng "Qani quyon?" deb baqirib chiqibdi.
Hayvonlar:
— Ha nima bo`ldi? - deyishsa, ayiq:
— Meni oyoqlarim qiyshiq ekan. Tishlarim emas, - degan ekan.