Latifa matni:
Maktabda o`quvchisi sinfdoshini uyiga borib, eshik qo`ng`irog`ini bosgan ekan, do`stini onasi eshikni ochibdi. Haligi bola unga:
— Salom xolajon! Akbar uydami, - deb so`rasa,
— Ha uyda! Lekin ovqatlanyapti. Balki sen ham ovqatlanishni xohlarsan, - debdi.
— Ha xohlayman, - desa,
— Bo`pti, unda sen ham uyingga borib ovqatingni yegin, keyin kelarsan, - dermish.