Latifa matni:
Miriqib futbol ko`rib o`tirgan otasini yoniga qizi kelib:
— Ada, bir daqiqa vaqt ajrata olasizmi?
— Gapir qizim!
— Tibbiyot akademiyasining qaysi fakultetiga hujjat topshirishni bilmayapman?! Stomatologiyami yoki kardiologiyami?
— Odamda nechta tish bor?
— O`ttiz ikkita!
— Yurak-chi?
— Bitta!
— Hisob 32:1! Stomatologiya g`olib!!!