Latifa matni:
Ko`chada qizaloq yig`lab tursa, yoniga bir odam kelib:
— Kap-katta qiz ekansan. Nega yig`layapsan?
Qizaloq:
— Nima ishingiz bor. Yo`qoling bu yerdan! - debdi.
Haligi odam yana:
— Kichkina bo`la turib, bunaqa yomon so`zlarni qayerdan bilasan?
Qizaloq:
— Tushunmadim. Bir kap-katta deysiz, bir kichkina deysiz...?!