Latifa matni:
Muallima beshinchi sinf o`quvchisidan so`radi:
— Tasavvur qil, kissangda 1000 so`m puling bor. Sen dadangdan yana 1000 so`m so`rading. Hammasi bo`lib kissangda necha pul bo`ladi?
— 1000 so`m.
— Obbo, sen-chi, Qo`shmat, matematikani umuman bilmaysan!
— Ustoz, siz esa mening dadamni bilmaysiz.