Latifa matni:
Maktabda dars boshlanib, o`qituvchi o`quvchilarga debdi:
— Hozir oraliq imtihon topshirasizlar!
Bir o`quvchi:
— Kalkulyatordan foydalansak bo`ladimi?
O`qituvchi:
— Ha bo`ladi.
Yana bir o`quvchi:
— Mendeleev jadvalidan-chi?
O`qituvchisi:
— Albatta mumkin! Demak, yozib oling, imtihon mavzusi: "Ikkinchi jahon urushi".