Latifa matni:
— Menga juda kuchli budilnik kerak.
— O, ayni vaqtida keldingiz. Bizda zo`ri bor. Avval o`t o`chiruvchilarning sirenasi chalinadi, uning ortidan artilleriya ovozlari eshitiladi. Bu ham foyda bermasa, ustingizga bir chelak sovuq suv sepadi. Shundan keyin ham o`rningizdan turmay yotaversangiz o`zi ishxonangizga qo`ng`iroq qilib, sizning kasal bo`lganingizni bildirib qo`yadi.
— Kuchsizlik qilmasmikan?..
— Yana bittasi bor. Yuqoridagilarni bajarganidan keyin ham uyg`onmasangiz, go`rkov bilan domlani ham qidirib topib keladi.