Latifa matni:
Bir kuni quyon o`rmonga yangi Kaptiva minib kelibdi. Bo`ri va boshqa hayvonlar qiziqib:
— Qaysi pulga olding, - deb so`rashibdi, shunda quyon:
— Bir necha yil pul to`plab oldim, - debdi. Bo`riga qarab:
— Sen ham aroq ichavermay, pulingni to`pla, - deb ketibdi.
Ertasiga o`rmonda shovqin-suronmish. Hayvonlar qarasa bo`ri vertolyotda uchib kelibdi.
Hamma hayvonlar vertolyot uchun buncha pulni qayerdan olding, - deb so`rashibdi. Shunda bo`ri, — Hamma aroq shishalarimni topshirib yubordim, - debdi.