Latifa matni:
Yosh kelin-kuyovlar asal oyini o`tkazish uchun olis qishloqqa borib bir kampirning uyini ijaraga olishdi. Bir kun o`tdi, ikki kun o`tdi. Xonalarida jimlik. Kampir xavotir olib ularni chaqira boshladi.
— Hoy sizlar, tirikmisizlar?
— Ha, tirikmiz.
— Chiqmaysizlarmi? Qornilaring ochmadimi?
— Yo`q, biz muhabbat mevasiga to`yib qoldik, xola!
— Mayli-ku-ya, lekin o`sha mevalaringning po`stlog`ini derazadan irg`itmanglar-da, g`ozlarim tiqilib qolyapti!