Latifa matni:
Talabalar qattiqqo`l o`qituvchisiga yangi yilga sovg`a berishmoqchi:
— Domlajon, sizga nima sovg`a qilsak bo`ladi?
— Menga hech narsa kerakmas!
— Aytaqoling, biror orzuingiz bordir axir...
— Yagona orzuim, sizlar meni talabam bo`lganingizni hech kim bilmasin!