Latifa matni:
— Oshna, qachon qarasa, bilmasdan xotinimni o`ynashimning ismi bilan chaqiraverardim. Bir kuni yo`lini topdim:
— Qanday qilib?
— Mushuk sotib oldim-da, uni o`ynashimning ismi bilan atadim.
— O`, zo`r-ku!
— Lekin bir narsa meni o`ylantirib turibdi-da!
— Nima?
— Xotinim it sotib oldi. «Endi uni kimning ismi bilan atarkin?» deb boshim qotyapti.