Latifa matni:
Do`stidan sira qarzini undira olmagan yigit oxiri yo`lini topdi. O`zicha goroskop tuza boshladi. Do`sti goroskoplarga qattiq ishonardi. U so`radi:
— Sen qaysi burjda tug`ilgansan?
— Chayon burjida.
— Goroskopingni o`qidingmi?
— Yo`q.
— O`qib ko`r.U yerda quyidagi jumlalar bitilgandi:
— Shu haftada barcha qarzlarni egalariga qaytarmasangiz, hafta oxirida sizni ko`ngilsizliklar kutadi.