Hisoblab ko`rsam
Latifa matni:
— Hisoblab ko`rsam, ikki yil birga yashab qo`yibmiz… Azizim, sizga juda o`rganib qolgan ekanman. Hatto sizsiz borliqni, hayotimni tasavvur eta olmasdim. Biz bir umr birgalikda umrguzaronlik qilamiz, bir-birimizni ardoqlaymiz, sevamiz deb o`ylardim. Afsuski, unday bo`lib chiqmadi. Men endi sizga munosib emasligimni anglab yetdim. Muhabbatim, sizga bo`lgan chek-chegarasiz mehrim o`z xohishim bilan sizdan voz kechishga majbur etdi. Chunki bilaman, sizni men bilan ko`rishsa, ko`chadagilar ustingizdan kulishadi, masxaralashadi, sizni oyoq uchida ko`rsatishadi. Sevgan ko`nglim esa bu savdolarni sira ko`tara olmaydi. Ammo bilamanki, siz ham meni hech qachon unutmaysiz. Ahyon-ahyonda bo`lsa-da, yodga olasiz, birga o`tkazgan tunlarimizni, bir-biridan yorug` kunlarimizni eslab entikasiz, sog`inasiz.
Alvido, azizim, alvido!
Sizni Yaratganning panohiga topshirdim!
Sizga cheksiz muhabbat bilan:
Bolalikdagi So`rg`ichingiz!