Latifa matni:
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha menga bir lo`li xotin uchradi. Uning aytishicha, to`rt farzandli bo`larkanman. Lekin birinchi farzandim xunuk, ikkinchisi piyonista, uchinchisi o`g`ri bo`larmish. Faqat to`rtinchi farzandimgina risoladagidek bo`larkan.
— Voy, unda birdan to`rtinchisini tug`ib qo`yaqol!