Latifa matni:
Bir jinni daraxtga chiqib olib pastga hech tushmasmish. So`ng yana bir jinni kelib haligi jinnini daraxtdan arqon bilan bog`lab pastga tortib tushiribdi. Uni ko`rgan atirofdagilardan biri jinniga debdi:
- Hoy! Esing joyidami? Nega uni daraxtdan pastga arqon bilan bog`lab tushurding? O`lib qolishi mumkin-ku!
Jinni javob berdi:
- Nega endi o`larkan! Ukam quduqqa tushib ketganida huddi mana shunday arqonda tortib olgandim. O`lmagan edi.