Latifa matni:
GAI katta yo`lda tursa, oldida o`t o`chirish mashinasi, o`rtada Kaptiva, orqasida Tez yordam mashinasi katta tezlikda o`tib ketibdi. GAI hayron bo`lib, keyingi postga
aloqaga chiqibdi:
— Tez yordam, o`t o`chirish mashinalari Kaptiva bilan o`tib ketishdi. To`xtatib so`rachi, tinchlikmikan, - debdi.
Keyingi postdagi GAI mashinalarni to`xtatib, Kaptivani haydovchisi oldiga borib:
— Hujjatlaringizni taqdim eting! Tinchlikmi? Bu nima ahvol?- desa, Kaptiva haydovchisi:
— Tibbiyot qutichasi, O`t o`chirgich so`rayverib, jonga tegdingiz. Mana, komplekt bo`lib yuribmiz, - dermish.