Ikkita yigit bo`lib
Latifa matni:
Ikkita yigit bo`lib, birinchisi uyida xokimi mutlaq, ya`ni xotini uning topshiriqlarini so`zsiz bajarar ekan, yigitning aytgani – aytgan, degani-degan ekan. Ikkinchisining gapi xotiniga o`tmas, xotini umuman bu bilan xisoblashmas ekan. Ikkinchi yigit qo`rqmaydigan do`stidan sababini so`ragan ekan u:-“Bilasanmi, o`zim ham bilmayman, ammo to`yimizdan keyin ertasiga xotinim xovli shipirayotgan edi, shu payt xovlida yurgan echkimiz uzum tokni tanasini shilib yeb qo`ygan edi, echkini xotinimning ko`zini oldida shartta so`yib yubordim, xotinim ro`molini uchi bilan og`zini berkitganicha uyga kirib ketdi, boshqa xech qachon xech narsa demaganman, shu-shu xotinim juda qo`rqadi mendan ”, degan ekan. Ikkinchi yigit do`stidan eshitganlarini mulohaza qilib uyiga kelsa, xovlida mushuk o`g`lining koptogini tirnoqlari bilan timtalab o`ynab turgan ekan, yigit shartta pichoqni olib ayvonda cho`zilib yotgan xotinining ko`zini oldida mushukni chavoqlab tashlabdi. Buni ko`rgan xotini:-“O`ling, xezalak bo`lmay kuchingiz bechora mushukka yetdimi ?”, dermish (Latifaning mazmuni shuki, birinchi yigit echkini so`ygan bo`lsa vaqtida so`ydi va uning go`shtini yesa bo`ladi, ikkinchi yigitning xarakatlari kech bo`ldi, qolaversa mushuk bekorga o`lib ketdi)