Latifa matni:
Bir kun marshrutka orqasidan yugurayotgandim qoqilib ko`lmakka yiqildim. Yonimdan o`tib ketayotgan yigit "Yaxshi qiz, suzib yetib olmoqchimisiz marshrutkaga?" deb kulib ketdi. Indamadim. Alam qilsayam o`zimni bosdim. Lekin uning yuzini eslab qoldim.
Mana bir xaftadan keyin to`yimiz bo`ladi. Ko`lmakda suzish qanaqa bo`lishini to`ydan keyin ko`rsataman unga. Oz qoldi. Shou boshlanadi!