Latifa matni:
Biri soat o`g`irlab, ikkinchisi esa sigir o`g`irlab qamalgan ikki mahbus qamoqxonada uchrashib qolishibdi. Sigir o`g`risi kinoyali ohangda:
— Xo`sh, yangi soatimiz necha bo`ldi? – deb so`rasa,
Soat o`g`risi:
— Sigir sog`adigan payt bo`ldi...! – degan ekan.