Latifa matni:
Shokoladni taqsimlagan akasidan norozi bo`lgan uka:
— Nuqul shunday qilasiz, o`zingizga katta qismini olib, kichigini menga berasiz! — debdi.
Akasi esa:
— Ho`sh, meni o`rnimda bo`lsang, sen nima qilgan bo`larding? — deb, so`rabdi.
Ukasi:
— Kichigini o`zim olib, katta qismini sizga berar edim! — desa,
Akasi:
— Bo`lmasa nega ming`irlaysan...? — men ham shunday qildim-ku...! — dermish.