Latifa matni:
Imtihonda chiroyli talaba qiz biletdagi savollarga javob topa olmay o`tirsa, o`qituvchi yoniga kelib:
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun bo`shmisiz...? - debdi.
Qiz xursand bo`lib, — Ha bo`shman, - deb nozlanib javob bersa, o`qituvchisi:
— Bo`lmasa, kechasi o`tirib savollarga yaxshilab tayyorlaning. Qayta topshirasiz! - degan ekan.