Latifa matni:
Ikki dugona kinoga ketishayotganda, yo`llaridan bir erkak chiqibdi. Dugonalardan biri haligi erkak bilan juda iliq so`rashibdi.
Shunda ikkinchisi:
— Buncha uzoq salomlashmasang, kim bu o`zi? — deb so`rasa,
Dugonasi:
— Shunchaki, ikkinchi erimning, birinchi xotinini, uchinchi eri bo`ladi! — degan ekan.