Latifa matni:
Ko`chada ketayotgan yigitni oldidan bir lo`li chiqib:
— Ako keling, bir fol ko`ray! Agar yaxshi xabar aytsam, 2000 so`m berasiz. Yomon xabar aytsam, 1000 so`m, - debdi.
Yigit rozi bo`lib, qo`lini uzatibdi.
Lo`li yigitni kaftiga qarab:
— Xotiningiz homilador ekan. Yaqinda egizak o`g`illaringiz bo`ladi, - desa,
Yigit xursand bo`lib, 2000 uzatibdi.
Lo`li 1000 so`mni qaytib berib:
— Shoshmang ako, oxirigacha eshiting. Bolalarni otasi siz emassiz..., - dermish.